Xabaringiz bor, O'FA 2022 yilgi U23 Osiyo kubogi O'zbekistonda qabul qilish bo'yicha OFKga so'rovnoma yuborgan edi. O'FA mutaxassislari mazkur chempionatni mamlakatimizda o'tkazish bo'yicha tender jarayoniga doir zaruriy hujjatlarni OFK vakillariga taqdim etdi va ko'plab muzokaralarni olib bordi.
Natijada Osiyo futbol konfederaciyasi U23 Osiyo kubogi-2022 bellashuvlarini yurtimiz yashil maydonlarida bo'lib o'tishiga rozilik bildirdi.
2013 yildan buyon tashkil etib kelinayotgan ushbu musobaqada hozirga qadar O'zbekiston, Janubiy Koreya, Yaponiya va Iroq U23 terma jamoalari bosh sovrinni qo'lga kiritgan.
Qozog'istonlik sobiq bokschi Mo'ydinxo'jaev - SHimbergenov jangi uchun o'z taxminini bildirdi
30 sentyabr kuni Osiyo o'yinlarida qatnashadigan o'zbekistonlik sportchilar ro'yxati
Rasman. WBA Murodjon Ahmadaliev va Kevin Gonsales jangiga buyruq berdi. Jang sanasi va manzili malum