SportUz.Net
photo photo

Breaking: Bugun SHomurodov "Roma" ixtiyoriga etib boradi + FOTO

31.07.2021 06:50    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, "Jenoa" klubi hujumchisi Eldor SHomurodov faoliyatini Italiyaning nomdor jamoasi "Roma"da faoliyatini davom ettiradi.

"Ertaga ko'rishguncha, rimliklar!", – deb yozadi Eldor SHomurodov twitter'dagi sahifasida.

Avvalroq rimliklar O'zbekiston terma jamoasi hujumchisini 16 million evro evaziga sotib olish huquqi bilan ijaraga olishi aytilgandi hamda uning yillik maoshi ochiqlangandi.

SHomurodov 2026 yilgacha "Roma" manfaatlarini himoya qiladi. "Jenoa" futbolchining keyingi sotuvidan malum miqdorda pul ishlab oladi. Rim klubi 26 yoshli futbolchiga bir mavsum uchun 2 million evro to'laydi.

Oldinroq SHomurdovning "Jenoa"dan ijaraga olinishi "Roma"ga 2,5 million evroga tushishi aytilgan edi. Joze Mourinyu boshchiligidagi "Roma" yangi mavsumda Konferenciyalar Ligasida o'ynaydi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: