SportUz.Net
photo photo

Varan "Real" bilan xayrlashdi

30.07.2021 20:25    


Rasmni yuklab olish

"Real Madrid" klubini tark etgan Rafael Varan Instagram sahifasida sobiq jamoasi bilan xayrlashdi.

"2011 yil klub safiga qo'shilganimdan beri barcha orzularim amalga oshdi. Jamoa bilan birgalikda barcha muhim sovrinlarga erishdik. Barcha murabbiylarga, klubda faoliyat yuritadiganlarga menga qilgan yaxshiliklari uchun minnatdorchilik bildirmoqchiman.

Bu mamlakat men uchun har doim alohida ahamiyat kasb etadi. Madriddagi faoliyatim o'zgacha zavq bag'ishlaydigan ajoyib sayohat bo'ldi. Endi esa faoliyatimda yangi davr boshlanadi", — dedi himoyachi.

Eslatib o'tamiz, franciyalik futbolchi 2011 yildan 2021 yilgacha "Real"da o'ynagan. Varan klub safida jami 236 ta o'yinda maydonga tushib, 8 ta gol urgan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: