23 yoshli serbiyalik futbolchi Milanning "Inter" klubiga o'tishi mumkin. "Neradzurrilar" futbolchini kelasi mavsum so'nggiga qadar ijaraga olishga tayyor.
Luka o'tgan mavsumning ikkinchi qismini Frankfurtning "Ayntraxt" klubida ijara asosida o'tkazdi. Forvard Bundesliga doirasida 18ta o'yinda maydonga tushib, 4ta gol urishga erishdi.
Eslatib o'tamiz, Yovich 2019 yilda "Real" o'yinchisiga aylangandi. Uning shartnomasi 2025 yilga qadar mo'ljallangan.
"Ko'p marotaba bo'lgan". CHimaev bir necha marta MMAdan ketmoqchi bo'lgani haqida gapirdi