Bahodir Ahmedov bosh murabbiyligi ostidagi terma jamoamiz Bangkokda “Continental” xalqaro futzal musobaqasida ishtirok etadi. Futzalchilarimiz turnirning dastlabki bosqichida Tailand, Kosova va Mozambik vakillari bilan o'zaro kuch sinashadi.
Futzal terma jamoamiz Tailand safari oldidan 3-18 iyul kunlari Toshkent shahrida o'quv-mashg'ulot yig'inini o'tkazdi va xalqaro musobaqa uchun yakuniy tarkib aniqlab olindi. Murabbiylar shtabi mazkur turnirga 15 nafar futzalchini tarkibga jalb etdi.
Yig'in davomida ispaniyalik Arkaitz Sisniega va Karlos Korona jamoaning jismoniy tayyorgarligi va darvozabonlar mahoratini yanada yaxshilash bo'yicha faoliyat olib bordi.
Bugun tongda futzalchilarimiz Toshkent – Istanbul – Bangkok havo reysi orqali Tailand poytaxtiga yo'l oldi. “Continental” turniri 25-iyul kuni start oladi. Birinchi turda terma jamoamizga Kosova vakillari raqiblik qiladi.
Darvozabonlar: Rustam Umarov (AGMK), Abbos Elmurodov ("Xuaxin Jizzax"), Ravshan Eliboev ("Paxtakor")
O'yinchilar: Ixtiyor Ropiev, Anasxon Rahmatov, Ilhom Hamroev, Husniddin Nishonov, Davron CHoriev, Muzaffar Ahadjonov (barchasi AGMK), Mashrab Odilov, Sunnatilla Jo'raev, Akbar Usmonov (barchasi Paxtakor), Xushnur Erkinov ("Metallurg"), Dilshod Rahmatov ("Xuaxin Jizzax"), Elbek To'lqinov ("Maksam CHirchiq").