
Milliy terma jamoamiz sardori 66-daqiqada raqibning qo'pol xatosidan unumli foydalanib, darvozani ishg'ol etdi. SHomurodov 83-daqiqada jamoadoshining goliga assistentlik ham qildi va 87-daqiqada zaxira o'rindig'iga yo'l oldi. Abbosbek Fayzullaev esa maydonda 67 daqiqa harakat qildi.
Sofascore nashri SHomurodovga 8,1 baho qo'ygan bo'lsa, Fayzullaev 6,7 bahoga loyiq ko'rildi.
