
Dastlab Kilian Mbappe o'yinning 24-daqiqasida mezbonlar darvozasini ishg'ol qilib, uchrashuvdagi hisobni ochdi. Karlos Visente 68-daqiqada muvozanatni tikladi - 1:1. Oradan ko'p o'tmay, aniqrog'i 76-daqiqada Rodrigo gol urib, “Qirollik klubi”ga g'alaba taqdim etdi.
"Real"ning g'alabasi sabab Xabi Alonso jamoa bosh murabbiyi sifatida birmuncha ko'proq qoladigan bo'ldi. Klub rahbariyati "Alaves"ga qarshi o'yinda ijobiy natija qayd etilmasa, Alonsoga chiqish eshiklari ko'rsatilishini malum qilgandi. Peshqadam "Barselona" va ikkinchi o'rindagi "Real" o'rtasidagi farq 4 ochkoligicha qolmoqda.
