SportUz.Net
iks
ads

"Real" Franciyadan 20 yoshli futbolchini sotib olmoqchi

13.12.2025 15:48    


Rasmni yuklab olish

Madridning "Real" klubi rahbariyati "Renn" markaziy himoyachisi Jeremi Jaketni diqqat bilan kuzatib bormoqda.

Madrid Universal nashrining xabar berishicha, klub 20 yoshli futbolchini kuzatish uchun bir necha bor skautlarni yuborgan.

Manbaga ko'ra, "Real" Jaketni sotib olish klubning yosh istedodlarni jalb qilish siyosatiga juda mos keladi deb hisoblaydi.

Joriy mavsumda Jaket Liga 1`ning 15 ta o'yinida maydonga tushdi. Uning klub bilan shartnomasi 2029 yil yozigacha amal qiladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: