SportUz.Net
iks
ads

Kannavaro: "O'zbekiston - oxirigacha kurashadigan jamoa. Bu o'zbek xalqining eng muhim fazilati"

11.12.2025 15:42    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro quradan keyin fikrlarini bildirib o'tdi.

"Biz tariximizda ilk bor Jahon chempionatiga yo'l oldik. Bu futbolchilarimiz uchun katta tajriba bo'ladi. Bosh murabbiy sifatida men o'z vazifamni masuliyat bilan bajarishim kerak. Eng muhimi – jamoa mundial jarayonidan zavq olishi. 

Guruhimizda FIFA reytingining top-20 ligiga kirgan ikki kuchli raqib bor. SHu bois har bir o'yin juda muhim, uchala bahs ham katta ahamiyat kasb etadi. Hozirgi paytda men yoshlar bilan juda yaxshi ishlaydigan, potenciali yuqori bo'lgan jamoaga egaman. O'zbekiston — oxirigacha kurashadigan jamoa. Bu o'zbek xalqining eng muhim fazilati", – dedi italiyalik mutaxassis.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: