SportUz.Net
iks
ads

"Manchester Siti"ga qarshi bahsdan oldin Mbappe chap qo'lidagi barmog'ini sindirib oldi, ammo...

08.12.2025 22:48    


Rasmni yuklab olish

Mbappe "Selta" bilan uchrashuvda barmog'ini sindirdi.

"Real" hujumchisi Kilian Mbappe La Liga doirasidagi "Selta"ga qarshi kechgan o'yinda (0:2) barmog'ini sindirib oldi.

Franciyalik futbolchi uchrashuvning 43-daqiqasida himoyachi Oskar Mingesani aldab o'tayotganda jarohat oldi. Mbappe maydon tashqarisiga chiqdi va chap qo'li bog'langan holda maydonga qaytdi.

"El Partidazo de COPE" nashrining xabar berishicha, Mbappening chap qo'lidagi nomsiz barmog'i singan. SHunday bo'lsa-da, hujumchi chorshanba kuni CHempionlar ligasi doirasida "Manchester Siti"ga qarshi bo'lib o'tadigan o'yinda ishtirok eta oladi.

Qayd etilishicha, Eduardo Kamavinga va Din Xeysenning ushbu bahsdagi ishtiroki so'roq ostida.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: