SportUz.Net
iks
ads

Alonso kechagi mag'lubiyat uchun hakamni keskin tanqid qildi

08.12.2025 15:24    


Rasmni yuklab olish

"Selta"dan uchralgan mag'lubiyatdan so'ng "Real" bosh murabbiyi Xabi Alonso hakamlarni keskin tanqid ostiga oldi.

Ushbu bahsda madridliklarning ikki futbolchisiga qizil kartochka ko'rsatildi.

"Hakamning qarori bizni muvozanatdan chiqardi. U uchrashuvdagi to'xtalishlarga etarli vaqt qo'shmadi, raqib bizning tempimizni buzish uchun juda ko'p marta o'yini cho'zishga harakat qildi, ushbu vaziyatlarda hakamlar hech nima qilishmadi. Fernandesning maydondan chetlatilishi, bilmayman, juda shubhali edi. Bu vaziyat bo'yicha ham menda savollar bor. Yana bir bor takidlayman, bazi vaziyatlarda hakamning qarorlari bizni biroz muvozanatdan chiqardi. Menga bugungi hakamlik umuman yoqmadi", - deya fikr bildirdi Alonso.

Kechagi mag'lubiyatdan so'ng "Real" La Ligada "Barselona"dan turnir jadvalida to'rt ochkoga ortda qolmoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: