
Ushbu turda "Santos" "Kruzero"ni mehmon qildi va yirik 3:0 hisobida g'alaba qozondi. Bugungi g'alabadan so'ng "Santos" mavsumni 12-o'rinda yakunladi va kelasi mavsumda Janubiy Amerika kubogida qatnashish huquqini qo'lga kiritdi.
Eslatib o'tamiz, uch tur avval Neymar jiddiy jarohat olgan va unga shifokorlar o'ynashni taqiqlab qo'ygandi. Biroq braziliyalik yulduz jamoasini A Seriyada olib qolish uchun og'riq qoldiruvchi ukollar yordamida maydonga tushdi va uchta turning barchasida to'liq harakat qildi.
Bu o'yinlarda Neymar jami 5 ta gol urdi va 1 ta assist qayd etdi.
