SportUz.Net
iks
ads

Skaloni Messining JCH–2026`da ishtirok etishi haqidagi savolga javob berdi

06.12.2025 09:54    


Rasmni yuklab olish

Argentina terma jamoasi bosh murabbiyi Lionel Skaloni Lionel Messining Jahon chempionati–2026`da qatnashish ehtimoli haqida fikr bildirdi.

"Uning o'zi qaror qiladi — u erda bo'ladimi yoki yo'q. Qanday qaror qabul qilsa ham, biz uni qo'llab-quvvatlaymiz. Hamma narsa yaxshi ketyapti, ammo olti oy — juda katta vaqt. Umid qilamizki, u o'zi va terma jamoa uchun eng to'g'ri qarorni qabul qiladi", — deya Skalonining so'zlarini Janluka Di Marcio o'z saytida keltirdi.

Argentina JCH–2026 musobaqasida “J” guruhiga tushgan. Bu erda raqiblar — Avstriya, Jazoir va Iordaniya.

Jahon chempionati 2026 yili AQSH, Kanada va Meksika hududlarida bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: