SportUz.Net
iks
ads

Eldor SHomurodov: "Guruhdan chiqishga imkoniyatimiz etadi"

06.12.2025 09:48    


Rasmni yuklab olish

JCH-2026 qurasidan keyin O'zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor SHomurodov o'z fikrini bildirdi.

- Yaxshi guruh bo'ldi. Bu guruhdan chiqsak bo'ladi. Bundan yomoni ham yaxshisi ham bo'lishi mumkin edi. SHaxsan men har qanday guruhga tayyor edim.

- Baribir top termalardan biri bo'lishini va shularga qarshi o'ynashni istagandik. Kolumbiya haqida nima deya olasiz?

- Kolumbiyaning so'nggi paytlardagi o'yinlarini ko'rmadim. Oldin kuchli termalardan biri hisoblanardi. Hozir ham shunday. Tarkibida yaxshi futbolchilari ko'p. Barchasini taxlil qilib chiqamiz. Bu jahon chempionati. Unga faqatgina mos termalar boradi. Hamma narsaning iloji bor. Guruhdan chiqishga imkoniyatimiz etadi deb o'ylayman.

- Quradan keyin muxlislarga tilaklaringiz.

- Barcha muxlislarga sog'liq tilayman. Ular bizni doimo qo'llab-quvvatlashsin. Ularni yuzlarini erga qaratmaymiz.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: