
Myunxenliklar vingeri PSJ himoyachisi Ashraf Hakimiga nisbatan fol ishlatdi va birinchi bo'limning o'zidayoq chetlatildi. Hakimining o'zi esa shu boisdan ikki oyga safdan chiqdi.
UEFA esa Diasni 3 o'yinga chetlatish chorasini qo'lladi. SHu orqali u "Arsenal", "Sporting" va "Yunion"ga qarshi o'yinlarni o'tkazib yuboradi.
"Bavariya" esa ushbu holat uchun tushuntirish so'radi va shikoyat bildirmoqchi ekanligini malum qildi. Vensan Kompani esa intervyuda uning faqatgina bir o'yinga chetlatilishini kutayotganini aytgandi.
