SportUz.Net
iks
ads

"Liverpul" Salohning o'rinbosari uchun qancha to'laydi?

21.11.2025 16:30    


Rasmni yuklab olish

"Liverpul" jamoa etakchisi Muhammad Salohning o'rnini bosuvchi futbolchi topdi.

Bu — "Bornmut"dan Antuan Semeno.

Insayder Fabricio Romanoning so'zlariga ko'ra, yanvar oyida Semeno bilan shartnoma imzolash uchun talab qilinadigan tovon puli 60 million funt sterlingni tashkil etadi, shu jumladan, 5 million funtlik bonus ham ko'zda tutilgan.

"Bornmut" uni iyungacha saqlab qolishdan mamnun bo'ladi, o'shanda tovon puli taxminan 50 million funt sterlingga tushadi, ammo bu voqeadagi hamma narsa ham "giloslar"ga bog'liq emas.

Ganalik futbolchi joriy mavsum Premer-liganing 11 o'yinida 6 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. O'tgan mavsumda bu ko'rsatkich 11 ta gol va 6 ta golli pasni o'z ichiga olgandi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: