
Iroq terma jamoasi JCH-2026 saralash beshinchi raundida BAAni ikki o'yin natijasiga ko'ra mag'lubiyatga uchratib, hal qiluvchi pley-off bosqichiga yo'l oldi. Iroqliklar g'alaba golini 90+17-daqiqada penaltidan kiritishdi.
Ilk uchrashuvda 1:1 hisobidagi durang natija qayd etilgandi. Endi Iroq "FIFA pley-off" saralashida OFK nomidan ishtirok etadi. "FIFA pley-off" saralashida ikkita KONKAKAF, bittadan Osiyo, Afrika, Janubiy Amerika va Okeaniya qitasidan jamoalar ishtirok etadi.
2026 yilning mart oyida bo'lib o'taadigan ushbu saralash bosqichida Jahon chempionatining yakuniy ikkita yo'llanmasi o'z egasini topadi.
Iroq – BAA 2:1 (Dastlabki o'yin: 1:1)
Gollar: Mohanad Ali 66', Amir Al-Ammari 90+17' - Kayo 52.

"O'z ishing bilan mashg'ul bo'l". Maxachevning menejeri Iliya Topuriyaga murojaat qildi