
Rasmiy shaxsning so'zlariga ko'ra, murabbiy futbolchilarga "qo'pol so'zlar" ishlatgan.
"Men Puchkovni futbolchilarga qo'pol so'zlar ishlatgani uchun ishdan bo'shatdim. U juda qo'pol ohangda, onadan so'kinadi", – dedi Tashiev.
Puchkov boshchiligidagi "Muras Yunayted" o'tgan mavsum Qirg'iziston Kubogini qo'lga kiritdi va chempionatda kumush medalga ega chiqdi.

"O'z ishing bilan mashg'ul bo'l". Maxachevning menejeri Iliya Topuriyaga murojaat qildi