SportUz.Net
iks
ads

"Liverpul" van Deykka o'rinbosar topdi

16.11.2025 17:00    


Rasmni yuklab olish

Niderlandiyalik himoyachi Virjil van Deykning amaldagi shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar amal qiladi.

Mersisaydliklar allaqachon unga o'rinbosar qidirmoqda.

Hozircha Arne Slot uchun ustuvor variant - 24 yoshli niderlandiyalik Mikki Van de Ven.

Van de Ven "Tottenxem"da o'ynaydi, bu mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 15 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urgan. Van de Venning "Tottenxem" bilan 2029 yilgacha mo'ljallangan shartnomasi bor.

SHu sababli, mersisaydliklar himoyachini APLdagi raqibidan tortib olish uchun katta miqdorda mablag' to'lashi kerak bo'ladi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: