
Angliyalik hujumchi "Bavariya"dagi sheriklari bilan oldindagi mundial haqida ko'p gaplashishini aytdi.
“Albatta, Franciya. Maykl [Olisse] bilan yaxshi til topishamiz va kelasi yozda voqealar qanday kechishi haqida hazil qilamiz. Upa [Daio Upamecano] bilan ham xuddi shunday. Germaniya turnirda uzoqqa borishni istaydi. Buni nemis sheriklarim bilan suhbatdan bilib olsak bo'ladi.
Menimcha, oramizda sog'lom raqobat bor; biz jahon chempionatida kim g'alaba qozonishi haqida hazil qilamiz. Bu har bir klubning bir qismi va men bu suhbatlardan zavqlanaman, ayniqsa Maykl bilan”, - dedi Keyn.

SHohjahon Ergashevning Salita promouterlik kompaniyasi bilan hamkorligi yakunlandi (FOTO)