"Rayan SHerki men faoliyatimda ko'rgan eng iqtidorli futbolchilardan biri. Texnik jihatdan u o'z o'yinining eng yuqori pog'onasida. Har safar u to'pni qabul qilganda vaziyat bizning foydamizga yaxshilanadi. U endi jamoaga kelganda biroz bosimda edi, hozir esa barchasi ortda qoldi", - deya Gvardiolaning so'zlarini keltiradi klub rasmiy sayti.
Rayan SHerki "Manchester Siti"ga 2025 yilning yozida "Lion"dan 45 million evro evaziga o'tgan edi. Joriy mavsumda u klub safida APLda 3 ta o'yin o'tkazib, bitta gol urdi.