SportUz.Net
iks
ads

JCH U-20. Uchinchi o'rin uchun bahs bo'lib o'tdi

19.10.2025 09:24    


Rasmni yuklab olish

Bizning vaqt bilan tunda CHilida U-20 Jahon chempionatining uchinchi o'rin uchun uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda Kolumbiya Franciyaga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuv taqdirini bittagina gol hal qildi. Bronza uchun kechgan bahsning 2-daqiqasida Lotin Amerika jamoasi yarim himoyachisi Oskar Perea gol urdi va bu bahsdagi yagona gol bo'lib qoldi.

SHu tariqa, Kolumbiya CHili mezbonligida o'tayotgan musobaqada bronza medallariga ega chiqdi. Final ertaga Toshkent vaqti bilan soat 04:00 da boshlanadi. Finalda Argentina va Marokash o'zaro bahs olib boradi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: