Musobaqada super engil vazn toifasidagi bahslarda o'zining g'alabali yurishini davom ettirayotgan hamyurtimiz Mujibillo Tursunovga final chiptasi yo'lida ukrainalik Danilo Lozan qarshilik qildi. 6 raundga mo'ljallangan jang to'liq davom etib, yakunda Tursunov ochkolar evaziga g'alaba qozongan holda Gran-prining hal qiluvchi bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.
25 yashar charm qo'lqop ustamiz endi 5 dekabr kuni musobaqa g'olibligi uchun kolumbiyalik Karlos Utria bilan bahs olib boradi. Utria yarim final bosqichida JAR vakili Ntetelo Nkosini birinchi raundda nokautga uchratgan edi. U faoliyati davomida 12 ta prof jang o'tkazib, barchasida raqiblaridan ustun kelgan.
"Ikkinchi bosqichni yakunladim". Maxachev mashg'ulot jarayonidan suratlarni ko'rsatdi (FOTO)
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi