Ridder kecha tongda Vankuver shahrida o'tgan UFC turnirining asosiy jangida reytingda o'zidan besh pog'ona quyida borayotgan amerikalik Brendan Allenga texnik nokaut bilan imkoniyatni boy bergandi.
"Ovozingni o'chir!", — deya o'zining X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga suratlardan iborat kollaj joylab, uning ostida izoh qoldirgan Ridder.
Allenga yutqazish ortidan Ridder 5 ta g'alabali seriyasini yo'qqa chiqargandi. Bu uning faoliyatidagi uchinchi mag'lubiyati edi. Hisobida 21 ta g'alaba bor. Allen esa aksincha, g'alabasidan keyin CHimaevni oktagonga chorladi.
Tom Aspinall: "UFC chempioni sifatida faol bo'lishni va tez-tez oktagonga chiqishni xohlayman"
Boks bo'yicha joriy yilgi O'zbekiston chempionati qachon va qaerda o'tkazilishi elon qilindi