SportUz.Net
photo photo

U-23 Osiyo chempionati. Toshkentda saralash bosqichiga qura tashlandi. O'zbekiston Kuvaytga boradi

09.07.2021 16:25    


Rasmni yuklab olish

Bugun Toshkentda U-23 Osiyo chempionati saralash bahslariga qura tashlandi.

42 ishtirokchi jamoa G'arb va SHarq mintaqalariga bo'lingan holda saralash bosqichida qatnashadi. Qura natijalariga ko'ra jamoalar 11ta guruhda 15ta yo'llanma uchun kurash olib borishadi.

O'zbekiston terma jamoasi final bosqichi mezboni sifatida to'g'ridan-to'g'ri yo'llanmaga ega bo'lgan. SHunga qaramay vakillarimiz saralashda ishtirok etishadi va har qanday holatda final bosqichiga chiqadi. Saralash bahslari 23-31 oktyabr kunlari markazlashgan holda o'tkazilishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston U-23 terma jamoasi saralashda "D" guruhidan joy oldi. Kuvayt mezbonlik qiladigan mazkur guruhda Saudiya Arabistoni va Bangladesh terma jamoalari ham bor.

G'ARB MINTAQASI
"A" guruhi: Suriya, Qatar, Yaman, SHri Lanka.
"B" guruhi: Eron, Tojikiston, Livan, Nepal.
"C" guruhi: Iroq, Bahrayn, Afg'oniston, Maldiv orollari.
"D" guruhi: Saudiya Arabistoni, Bangladesh, Kuvayt, O'zbekiston.
"E" guruhi: BAA, Ummon, Hindiston, Qirg'iziston.
"F" guruhi: Iordaniya, Falastin, Turkmaniston.


SHARQ MINTAQASI
"G" guruhi: Avstraliya, Xitoy, Indoneziya, Bruney.
"H" guruhi: Janubiy Koreya, Singapur, Timor-Leste, Filippin.
"I" guruhi: Vetnam, Myanma, Gonkong, Xitoy Taypei.
"J" guruhi: Tailand, Malayziya, Laos, Mo'g'uliston.
"K" guruhi: KXDR, Yaponiya, Kambodja.




Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: