SportUz.Net
iks
ads

Donnarumma "Manchester Siti"da - Here We Go!

01.09.2025 15:54    


Rasmni yuklab olish

"Manchester Siti" PSJ darvozaboni Janluiji Donnarumma bilan shartnoma imzolamoqda.

Italiyalik futbolchining transferi bugun, oynasi yopilishi arafasida elon qilinadi. Insayder Fabricio Romanoga ko'ra, kelishuv "shaharliklar"ga 39 mln evroga tushadi. Darvozabon ingliz grandi bilan 5 yillik shartnomani kelishib olgan. U yiliga 13 mln evro maosh va 2 mln bonusga ega bo'ladi.

Janluiji Donnarumma "Manchester Siti" Turkiyaning "Fenerbaxche" jamoasiga o'tayotgan Ederson o'rnini egallaydi. 26 yoshli darvozabon 2021 yildan buyon PSJ sharafini himoya qiladi; Franciyaga ko'chib o'tishdan oldin o'z vatanida "Milan"da o'ynagan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: