SportUz.Net
iks
ads

Mirazizbek Mirzaxalilov jahon chempionatidagi birinchi jangini o'tkazdi

07.09.2025 16:21    


Rasmni yuklab olish

Angliyaning Liverpul shahri mezbonlik qilayotgan boks bo'yicha World Boxing shafeligidagi Jahon chempionatining to'rtinchi kungi bahslari boshlandi.

Xabar berganimizdek, bugungi dasturdan 5 nafar charm qo'lqop ustamizning janglari o'rin olgan. Bokschilarimiznig ishtirokini tajribali Mirazizbek Mirzaxalilov boshlab berdi. -55 kg vazndagi vakilimiz ilk davrada hindistonlik Pavan Bartvalni uch raund to'liq davom etgan jangda ochkolar hisobiga ko'ra mag'lubiyatga uchratdi.

Birozdan so'ng -80 kg vazndagi bokschimiz Javohir Ummataliev jahon chempionatidagi ilk jangida polshalik Nikodem Kozakka qarshi ringga ko'tariladi. Ushbu bahs taxminan soat 17:45 da boshlanadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: