Oqshomning markaziy bahsida hamyurtimiz Saidotaxon Nuriddinov Qozog'iston vakili Bogdan Pshelbeskiy bilan to'qnash keladi. Jang yarimo'rta vazn toifasida vakant bo'lib turgan chempionlik kamari uchun o'tkaziladi.
Ikkinchi asosiy jangda esa yana bir yurtdoshimiz Asadbek Qoxorov gruziyalik Nika Jakoniyaga qarshi bahs olib boradi.
Bundan tashqari, Octagon 78 turnirida yana to'rt nafar o'zbekistonlik aralash yakkakurash ustalari chiqish qiladi. Turnir soat 17:00 da start oladi. Janglarni Octagon TV YouTube kanali orqali tomosha qilishingiz mumkin.
To'liq kard:
To'rabek Xabibullaev JCH chorak finaliga yo'l oldi, navbatdagi raqib Qozog'istondan bo'ladi