"Barcelona" klubi va Argentina TJ hujumchisi Serxio Aguero Rossiyaning "Sochi" klubi tashkil topganligining uch yilligi bilan jamoani tabrikladi.
Klub 2018 yil 4 iyulda tashkil topgan hamda 2019 yil iyul oyidan boshlab Rossiya Premer-ligasida ishtirok etib kelmoqda.
"Salom! "Sochi" futbol klubi tashkil topganligining uchinchi yilligi bilan jamoani tabriklayman. Sizga eng yaxshi tilaklarni va yangi muvaffaqiyatlarni tilayman", — dedi argentinalik forvard.
Eslatib o'tamiz, Aguero yozgi transfer oynasida erkin agent sifatida kataloniyaliklar safiga kelib qo'shildi.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"