Ispaniyalik futbolchiga Milanning "Inter" klubi qiziqish bildirmoqda. Tovon sifatida "neradzurrilar" o'z o'yinchilaridan kimnidir taklif qilishga tayyorlar. Bundan tashqari, Italiya chempionining bosh maqsadi "CHelsi" himoyachisi Markos Alonso bo'lib qolmoqda.
Alba 2012 yildan beri "Barselona"da o'ynaydi. O'yinchining klub bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2024 yilning o'rtalariga qadar mo'ljallangan.
Xordi o'tgan mavsum La Liga doirasidagi 35ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 5ta assist qayd etdi.
Kutilmagan xabar. UFC 320 turniri mezbonligi Meksikadan olib qo'yildi, yangi lokaciya malum!