SportUz.Net
photo photo

Ertaga futbol. O'zbekistonning Singapur bilan o'yinlari tarixi. 7:3 va boshqa natijalar

06.06.2021 16:50    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston milliy terma jamoasi JCH-2022 saralash bosqichini Singapurga qarshi bahs bilan davom ettiradi.

Odatda autsayder jamoalar o'z maydonidan ko'ra, safarda ishonchliroq to'p suradi. Bu bosim bilan bog'liq holat bo'lsa kerak. Lekin endi bu boradagi vaziyat ikki jamoada ham teng, desak yanglishmagan bo'lamiz. Uchrashuv neytral maydona o'tkaziladi. Masuliyat va bosim nihoyatda yuqori. Lekin biz navbatdagi bosqichga yo'llanma oladigan bo'lsak, bunday raqiblarni muammosiz yutishimiz kerak. Ammo futbolda raqibni mensimaslik yomon oqibatlarga olib kelishi barchamizga malum. Biz esa futbolchilarimizga omad tilagan holda, Singapur bilan uchrashuvlar tarixiga nazar solamiz.

JCH-2022 yo'lidagi yana bir raqibimiz - Singapur termasi bilan dastlabki to'qnashuv 2010 yilgi mundial saralashiga to'g'ri keladi.  Jumladan, singapurliklar O'zbekiston termasi bilan bo'lgan uy uchrashuvida katta muammlarga uchrashadi, ammo Toshkentdagi javob bahsida barchaning asabini sinovdan o'tkazishadi. 2007 yilgi futbol mavsumining oxirida milliy jamoamiz o'z tarixida 4-marta jahon chempionati final bosqichiga chiqish huquqini beradigan yo'llanma uchun kurash boshlaydi. Qura natijasiga ko'ra, bosh jamoamiz "D" guruhidan joy oladi. Kelasi yilning 2 iyun kuni Singapurda bo'lib o'tgan uchrashuvda futbolchilarimiz o'ta erkin to'p surib, yakunda 7:3 hisobida g'alaba qozonishadi. Gollarga Temur Kapadze, Viktor Karpenko, Server Jeparov (2ta), Vitaliy Denisov, Aziz Ibragimov va Maksim SHackix mualliflik qilishgandi. Qiziq fakt: Aziz Ibragimov, Vitaliy Denisovning terma jamoa libosidagi yagona va oxirgi golini Singapurga urishgan. Poytaxtimizdagi javob uchrashuvida esa singapurliklar chuqur himoyada o'ynab, anchagacha o'z darvozalarini daxsliz saqlashadi. Faqat Aleksandr Geynrix 81-daqiqada g'alaba to'pini kiritib Rauf Inileev jamoasi tomon yutuqni og'dirgandi.

Keyinchalik Singapur termasi tarkibida o'ynash huquqiga ega bo'lmagan futbolchi maydonga tushgani aniqlanadi va o'yin natijasi bekor qilinib, vakillarimizga texnik g'alaba (3:0) yoziladi. Oradan 11 yil o'tib yana mundial saralashida Singapur bilan to'qnash keldik. Qiyinchiliksiz g'alaba qozonishi kutilgan o'yinda mezbonlar birinchi bo'limda vakillarimizga etarlicha qarshilik ko'rsatgandi. Odil Ahmedovning 15-daqiqada jarima zarbasidan urgan ajoyib goliga, 45+1 daqiqada Ixsan Fandi boshi bilan Eldor Suyunov turgan darvozani ishg'ol qilgandi. Ikkinchi bo'limda esa mahorat o'z so'zini aytgan, Eldor SHomurodov ikkita to'pi bilan 3:1 hisobidag'i g'alabani taminlagandi.  

Umumiy statistika: 3ta o'yin, 3ta g'alaba, urilgan gol: 11, o'tkazib yubrorilgan gol: 4ta 

Server Jeparov va Eldor SHomurodov 2tadan gol muallifiga aylangan. Timur Kapadze, Viktor Karpenko, Vitaliy Denisov, Aziz Ibragimov, Maksim SHackix, Aleksandr Geynrix, Odil Ahmedov 1tadan to'p kiritgan


1. JCH-2010 saralashi 

SINGAPUR - O'ZBEKISTON - 3:7

02.07.2008. Singapur. "Milliy" stadioni. 28750 tomoshabin.

Gollar: Temur Kapadze (10), Viktor Karpenko (22), Server Jeparov (34, 44), Vitaliy Denisov (42), Aziz Ibragimov (62), Maksim SHackix (88).


2. JCH-2010 saralashi 

O'ZBEKISTON - SINGAPUR - 1:0

07.06.2008. Toshkent. MHSK stadioni. 12867 tomoshabin.

Gol: Aleksandr Geynrix (81).

Izoh: bu o'yin natijasi keyinchalik bekor qilingan va O'zbekiston termasiga 3:0 hisobida texnik g'alaba yozilgan.


3. JCH-2022 saralashi 

SINGAPUR - O'ZBEKISTON  - 1:3

15.10.2019. Singapur. "Milliy" stadion. 12547 tomoshabin.

Gollar: Ixson Fandi 45+1 - Odil Ahmedov 15, Eldor SHomurodov 51, 90+3.


Ertangi o'yinda futbolchilarimizdan faqat va faqat g'alaba kutib qolamiz. Olg'a O'zbekiston!

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: