"Men "Barselona" rahbariyatiga ikki marta rad javobini berib bo'lganman. "Barselona"ning bosh murabbiyi bor, Kumanni qattiq hurmat qilaman. SHu boisdan klubdagi holatni unchalik yomon deya olmayman. Bir kuni, vaqti kelganda optimal qarorni qabul qilaman", - dedi Xavi.
Oldinroq "Barselona" Xavi bilan muzokaralar olib borgani va kelisha olmagani haqida malumotlar paydo bo'lgandi. SHundan keyin klub Ronald Kumanga ishonishini malum qildi.