U Saudiya Arabistonining "Al Hilol" klubi ustoziga aylandi. Mutaxassis bilan 1 yillik shartnoma tuzildi.
Jardim "Monako"dan ketgach, qariyb 18 oy ishsiz yurdi. "Braga", "Sporting" va "Olimpiakos" jamoalari sobiq ustozi shu paytgacha Monakoda yashab keldi va turli mamlakatlardan kelgan takliflarni ko'rib chiqib, yakunda bir to'xtamga keldi.
Malumot uchun, "Al Hilol" yaqinda vaqtinchalik murabbiy Joze Moraish bilan mamlakat chempioniga aylangan edi.
Eslatib o'tamiz, "Al Hilol" 9 may kuni "Portu"dan Mussa Maregani xarid qilgandi.