SportUz.Net
photo photo

Aguero "Manchester Siti" xodimlariga xayrlashuv sovg'alarini berdi

01.06.2021 18:50    


Rasmni yuklab olish

Serxio Aguero klubdagi 10 yillik faoliyatdan so'ng "Manchester Siti"ni tark etdi.

Argentinalik birinchi jamoa bilan ishlovchi 60dan ortiq xodimlarga esdalik sovg'alarini berdi.

Aguero xodimlarga Hublot yoki Tag Heuer soatlarini sovg'a qildi. Aksessuarlarning minimal narxi ming funtdir, ayrimlari hatto undan ham qimmat. Har bir soatga yozuvlar o'yib yozilgan: "Rahmat! Kun Aguero".

Bundan tashqari, Aguero shuningdek "Barsa"ga yo'l olishidan oldin xodimlarga Range Rover Evoque avtomobilini yutish imkonini beruvchi lotereya chiptalarini taqdim etdi. G'olib jamoa ekipirovkasi bilan shug'ullanuvchilardan biri bo'ldi.

Eslatib o'tamiz, Serxio Aguero dushanba kuni "Barselona" o'yinchisi sifatida tanishtirildi. Argentinalik 2 yillik shartnoma imzoladi.

    


Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: