Bu haqda La Liga rasmiy matbuot xizmati xabar bermoqda. Oblak "Atletiko" tarkibida La Ligada may oyida 5ta o'yin o'tkazdi. Sloveniyalik posbon 2ta o'yinda o'z darvozasidan to'p o'tkazmadi, qolgan 3ta o'yinda esa uning darvozasiga 1tadan gol urildi. "Matraschilar" ushbu 5 o'yinda 4ta g'alabaga erishdi va 1ta durang o'ynadi.
Eslatib o'tamiz, "Atletiko" 2013/14 yilgi mavsumdan so'ng o'z tarixida 11-bor chempion bo'ldi. Diego Simeone jamoasi yakuniy jadvalda "Real"dan 2 ochkoga o'tib ketdi. Yan Oblak esa 2014 yilning yozidan beri "Atletiko" sharafini himoya qiladi.
"Nima uchun yo'q?". 43 yoshli Gennadiy Golovkin ringga qaytish haqidagi savolga javob berdi