SportUz.Net
photo photo

Eldor SHomurodov: "Yuventus" taklifi? O'sishga erishish niyatim bor"

26.05.2021 12:50    


Rasmni yuklab olish

O'zbekiston milliy terma jamoasi kecha "Tibet" oromgohidagi o'quv-mashg'ulot yig'inini yakunlab Toshkentga qaytib keldi.

Poytaximizda davom ettirilgan mashg'ulotlardan so'ng terma jamoa yig'iniga kelib qo'shilgan Eldor SHomurodov championat.asia saytiga fikrlarini bildirib o'tdi.

"Uzoq yo'ldan kelganim uchun bugun engil mashqlar bilan cheklandim. Hammada kayfiyat yaxshi. Bo'lajak o'yinlarga tayyorgarlik davom etyapti",- deydi Eldor SHomurodov.

- Italiyada mavsum yakunlandi. Fikrimizcha, bu mavsumdan qoniqish hosil qildingiz. Ilk marotaba kuchli beshlik chempionatlaridan birida to'p tepdingiz. Moslashib keta olamanmi degan hadik bo'lgani tabiiy...

- Debyut mavsumim uchun yomon natija qayd etmadim, deb o'ylayman. Futbolchi o'zidan qoniqish hosil qilsa o'sishdan to'xtab qoladi. Oldinga intilishda va harakat qilishda davom etamiz.

- "Jenoa"ga kelganingizda qancha gol urishni o'ylagan edingiz?

- Boshida jamoaga kelishimdan oldin 10ta gol uraman, deb o'ylagandim. Ozgina etmay qoldi.

- Oxirgi turda gol urishingizdan oldin sobiq jamoangiz "Rostov" 500 ming dollarga ega bo'lishi haqida malumotlar bor edi...

- Buni ikki klub o'zaro kelishgan. Lekin bonuslar borligidan xabarimiz bor edi. 

- Jamoada qolishingiz yoki ketishingiz haqida klub rahbarlari bilan gaplashdingizmi?

- Hali gaplashmadim. Professionalikka amal qilamiz. Amalda shartnomam borligi uchun "Jenoa"ga qaytaman. CHamasi iyul oylarida borib qo'shilaman. 

- "Yuventus"dan takliflar borligi haqiqatga yaqinmi?

- Bilmadim. Lekin matbuot orqali o'qidim. Taklif bo'lsa? O'ylab ko'rardim. O'sishga erishish niyatim bor.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: