SportUz.Net
photo photo

Bugun Jasur Yaxshiboevning "Legiya"si o'ynaydi

14.02.2021 19:23    


Rasmni yuklab olish

Bugun Polsha chempionatining (Ekstraklasa) 17-turidan o'rin olgan o'yinlar bo'lib o'tadi.

Amaldagi mamlakat chempioni Varshavaning "Legiya" klubi Belostokning "Yagelloniya" jamoasi mehmoni bo'ladi. Mazkur bahs Toshkent vaqti bilan soat 21:30da boshlanadi.

Xabaringiz bor, kecha "Legiya" o'zbekistonlik Jasur Yaxshiboev bilan shartnoma tuzilganini elon qilgan edi.

Ayni paytda "Legiya" 16 ta o'yindan 32 ochko to'plab musobaqa jadvalining ikkinchi pog'onasida bormoqda. Birinchi o'rindagi "Pogon" klubi hisobida 17 ta o'yindan keyin 35 ochko mavjud. "Yagelloniya" esa 23 ochko bilan 16 ta klub orasida 8-o'rinda bormoqda.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: