SportUz.Net
photo photo

Zidan: "Men yutqazishni yoqtirmayman. Bu "Real" qonida ham bor"

22.05.2021 07:25    


Rasmni yuklab olish

"Real" bosh murabbiyi Zinedin Zidan mavsum yakunlari bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"2017 yilda chempionatni mavsumning eng so'nggi kunida yutgandik. Mana shunday narsalar La Liga va futbolni chiroyli qiladi. Mavsum yaxshi o'tdi.

Oxirida ko'ramiz, 10 ballik tizimda 10 bo'larmikin yoki 9,5? Biz bor kuchimizni beramiz va uch ochko olishga ishonamiz. Futbolchilar imkoniyatlarini yuz foiz ishga solishadi. 

Men o'zimga nisbatan tanqidchiman. Men g'olibman. Mag'lub bo'lishni yoqtirmayman.

G'alaba uchun borimni beraman, bu "Real" qonida ham bor. Futbolchilar qiyinchiliklarga qaramay g'alaba qozonishni istashmoqda", - dedi Zidan.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: