SportUz.Net
photo photo

"SHaxtyor" o'z vaqtida Neymarni 15 millionga sotib olishni istamagan ekan

21.05.2021 12:25    


Rasmni yuklab olish

"Dinamo Kiev" bosh murabbiyi Mircha Luchesku "SHaxtyor"dagi faoliyati davomida Neymarni xarid qilish varianti ko'rib chiqilgani haqida gapirdi.

"Biz braziliyaliklarni jamoaga taklif qilib, ular yordamida shou namoyish etish va stadionni to'ldirish haqida o'ylay boshladik. Jamoa prezidenti braziliyaliklarni yaxshi ko'rardi. Albatta, barchasi ehtiyotkorlik bilan kilinardi. Avvaliga transferlar mening tavsiyam bilan amalga oshirilardi. Keyin esa jamoaga "Portu" selekciya xizmati rahbari taklif etildi. 

Teysheyra, Villian, Duglas Kosta, Fernandino, Jadson - ushbu xaridlar mening vaqtimda amalga oshirilgan. 

Men ularni televizor orqali ko'rgandim. SHuningdek, Neymarni ham sotib olishni istagandim. Ammo ular futbolchi uchun 15 million so'rashgan. Klub prezidenti (Rinat Axmetov) esa birgina futbolchi uchun 15 million to'lay olmasligini aytgan. Ammo Neymar bugungi kunda qanday futbolchiga aylanganini ko'ring-a?", - dedi Luchesku. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Дўстларга юборинг: