SportUz.Net
photo photo

"Turnirlar o'tkazishda O'zbekistondagi boks oqshomi namuna bo'lishi lozim". Toshkentda ASBCning boksni rivojlantirish fondi azolarining yig'ilishi o'tkazildi

05.04.2021 13:00    


Rasmni yuklab olish

Ayni kunlarda qitamizning turli xududlaridan tashrif buyurgan boks funkcionerlari, mutaxassislar poytaxtimizda bo'lib turishibdi.

SHu munosabat bilan bugun "Hilton" mehmonxonasida Osiyo boks konfederaciyasi "Boksni rivojlantirish fondi" azolarining yig'ilishi o'tkazildi. Ushbu fondga hamyurtimiz, O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi raisi o'rinbosari, O'zbekiston boks federaciyasi raisining birinchi o'rinbosari Saken Polatov rahbarlik qilishi haqida oldinroq xabar qilgandik

Yig'ilishda Saken Polatovdan tashqari Xalqaro boks associaciyasi prezidenti Umar Kremlyov, Osiyo boks konfederaciyasi prezidenti Anas Alotaiba, fond azolari va boshqalar ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida so'zga chiqqan Umar Kremlyov boksda marketingni yanada rivojlantirish, homiylarni jalb qilish, musobaqalarni yangicha formatda o'tkazish, turnirlar o'tkazishda O'zbekistondagi boks oqshomi namuna bo'lishi lozimligini aytib o'tdi. 

Saken Polatov esa qitada boksni rivojlantirish borasida hamkorlikni yanada kuchaytirish, bu borada boksi endi rivojlanayotgan mamlakatlarni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanligi haqida gapirdi. 

Osiyo boks konfederaciyasi prezidenti esa o'z chiqishida O'zbekistondagi mehmondo'stlik, shunday pallada ajoyib shou, qita boks konfederaciyasi yig'ilishini o'tkazayotganligi uchun minnatdorchilik bildirdi. 

Yig'ilish davomida qo'mita azolari tashkiliy, moliyaviy va yana bir qator masalalar hususida fikr almashishdi.

Yig'ilish yakunlangach, mehmonlarga maxsus o'zbekona zarbof chopon kiydirildi va esdalik sovg'alari taqdim etildi. 

O'zbekiston boks federaciyasi matbuot xizmati





Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: