SportUz.Net
photo photo

Isroil Madrimov kechagi jangdan so'ng nimalar dedi?

04.04.2021 13:40    


Rasmni yuklab olish

Kecha, Humo Arena saroyida uzoq kutilgan boks kechasi bo'lib o'tdi.

Kechada bokschimiz Isroil Madrimov ringga ko'tarildi va g'alaba qozondi. Bokschimiz g'alabadan so'ng o'z jang haqida fikr bildirdi.

"Avvalambor yaratganga shukur. Bugun o'z uyimizda muxlislarimiz, xalqimiz va oila azolarim oldida ringga ko'tarildim, ular meni juda qattiq qo'llab-quvvatlab turishdi. Jarohatdan so'ng og'ir jang o'tkazdim. Raqibim menga qadar barcha jangida nokautli g'alabalarni qo'lga kiritgandi. Bu jang orqali o'zimni jismoniy holatimni tekshirib oldim. Keyingi janglarimda ham jiddiy tayyorgarlik olib borishga harakat qilaman. Raqibim menga qarshi jiddiy qarshilik ko'rsatdi, jismoniy jihatdan ancha kuchli ekanligini isbotladi. 

G'alabamni prezidentimga, yurtdoshlarimizga bag'ishlayman. Ular bizni tinmay qo'llab turishmoqda. Bu jarohatimdan so'ng ilk bahsim bo'ldi, jarohatim bilinmadi, biroq mashg'ulotlarda yanada ko'proq ishlashim kerakligini bildim. Sababi jang vaqtida o'zim istaganimdek ko'p zarba bera olmadim. Jangning boshida asosan tanaga zarba berdim, keyinchalik bosh qismiga ham zarbalar yo'llashni boshladim.

 Nokdaundan so'ng murabbiylarim shoshilmaslikni aytishdi. SHoshilib jang qilsak, xato qilib qo'yish mumkin bo'lardi. Keyingi janglarda yanada yaxshiroq harakat qilib, chempionlik kamarini qo'lga kiritish",-dedi bokschimiz. 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: