SportUz.Net
photo photo

Fazliddin va SHahobiddinda nokaut, Abbosxon yutqazdi va jang oqshomining barcha natijalari bitta sahifada

13.08.2022 23:20    


Rasmni yuklab olish

Toshkent shahridagi "Humo Arena"da katta professional boks kechasi yakunlandi.

"Lift" promouterlik kompaniyasi tomonidan tashkil etiladigan jang oqshomi natijalaridan ushbu sahifa orqali xabardor bo'lib turishingiz mumkin bo'ldi. 


Kechaning markaziy jangida Fazliddin G'oibnazarov venesuelalik Eyder Parraga qarshi jang qildi. 10 raundga mo'ljallangan jang 38 soniya ichida yakunlandi. Fazliddin birinchi raunddayoq kuchli zarbasi bilan raqibini nokautga uchratdi. 


Braziliyalik bokschi, Tokio Olimpiadasi chempioni Ebert Konsesao prof ringdagi debyutida nikaragualik Danni Mendozaga qarshi jang qildi va ikkinchi raundda nokaut evaziga g'alaba qozondi.  


SHahobiddin Zoirov 20 soniyada nikaragualik raqibini nokautga uchratdi. 


Ayni paytda kubalik Adier Errera va argentinalik Mauro Perouene o'rtasidagi 8 raundlik jang o'tkazilmoqda. Kubalik bokschida g'alaba.


Jang oqshomidan FOTOGALEREYA saytimizga joylashtirildi. 


Lazizbek Mullojonovning britaniyalik Bassetga qarshi jangi ikkinchi raundda yakunlandi. U raqibini muddatidan oldin mag'lub etdi. Raqib sekundanti oq sochiq uloqtirdi. 


Mirazizbek Mirzaxalilovning qirg'izistonlik raqibga qarshi jangi uchinchi raunddan so'ng tugadi. Qirg'izistonlik Islom Torabaevning sekundantlari jangni davom ettirmaslikni maqul ko'rishdi. Mirazizda - muddatidan oldin g'alaba! 


"Humo arena"dagi boks oqshomida kichik tanaffus: Artur Grigoryan, Muhammadqodir Abullaev va Murodjon Ahmadaliev! O'zbek boksining o'tmishdagi va bugungi kundagi chempionlari. Ularga esdalik uchun choponlar kiydirildi. Tashkilotchilar shuningdek Rufat Risqievni ham esdan chiqarishmadi!


Mujibillo Tursunov prof ringdagi debyutida Rahmatillajon SHarifovga qarshi jang olib bordi va hakamlarning yakdil qarori bilan g'alaba qozondi. 


Abbosxon Yo'ldoshev SHohruxbek Kenjaevga qarshi 6 raundlik jang o'tkazdi va ochkolar evaziga yutqazib qo'ydi. Hakamlar bir ovozdan Kenjaevning g'alabasini etirof etishdi


Kechaning ikkinchi jangida ikki o'zbekistonlik bokschi o'zaro ringga ko'tarildi: unda Farrux Arslonov Timur Abdurahmonovni 6 raundlik jangda ochkolar evaziga mag'lub etdi. 


Dastlabki jangda qozog'istonlik Nurim Dilshad uchinchi raundda g'alabaga erishdi. 


Sportni rivojlantirish vaziri Adham Ikramov so'zga chiqib, sportchilarga omad tiladi. 


Jang kechasi boshlanmoqda. Boshlovchilar kirish so'zi bilan boshlab berishdi. 


Jang oqshomi 18:30 da boshlanadi. 

Bugungi janglar ro'yxati bilan: 



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: