
Oskar oxirgi rasmiy jangini 2008 yili o'tkazgan — o'shanda u endi porlab chiqayotgan yulduz Menni Pakyaoga mag'lub bo'lgandi. SHundan beri u faqat ko'rgazmali janglarda qatnashgan.
2021 yilda u kutilmaganda faoliyatini qayta boshlash niyatini bildirgandi. Hatto Kanelo Alvaresga qarshi jang haqidagi gaplar ham chiqqan. SHuningdek, u sobiq UFC chempioni Vitor Belfortga qarshi ringga chiqishi kerak edi, ammo kovidga chalinganidan so'ng bu jang bekor qilingandi.
FightHub TV'ga bergan intervyusida De La Xoyya shunday dedi:
"Men unchalik ahmoq emasman. Soya bilan jang qildim — 10 soniyadan keyin yuragim ko'kragimdan chiqib ketgudek bo'ldi. Menni bilan bo'lgan jangni eslasam, o'sha paytda g'alabaga emas, faqat jon saqlash uchun harakat qilgandek edim. Unda men ruhimni — yani bokschi ruhimni ringda qoldirganman. Tushunyapsizmi, nima demoqchiman?", - dedi Oskar de la Xoyya.
Den Xuker: "Getji bilan jang bosh og'rig'i. Arman Carukyan bilan jang esa - chempionlik uchun yo'l"