SportUz.Net
iks
ads

Sobiq UFC chempioni jiddiy YTHga uchradi + FOTO

31.10.2025 14:45    


Rasmni yuklab olish

Eng engil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Deyveson Figeredo o'zi yashab kelayotgan Braziliyaning Belem shahrida jiddiy avtofalokatga uchradi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Figeredoning o'zi malum qilishicha, u asosiy ko'chada ketayotganda, chorrahada haydovchisi kimdandir qochib, tezlikni oshirib ketayotgan boshqa avtomobil uning biqiniga urilgan. Natijada sobiq chempionning mashinasi bir necha marta ag'darilgan, biroq uning o'zi jabrlanmagan.

"Men mashinada yolg'iz edim. Menda zirhli avtomobil bor, Xudoga shukur, menga hech narsa bo'lgani yo'q", - dedi Figeredo.

Eslatib o'tamiz, Deyveson Figeredo o'zining so'nggi jangini 11 oktyabr kuni Rio-de-Janeyroda bo'lib o'tgan UFC turnirida o'tkazgan va hakamlar qaroriga ko'ra Montel Jeksonni mag'lub etgan edi. Bungacha u ketma-ket ikkita jangda mag'lub bo'lgan: Kori Sendxagen va Piter Yanga.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: