SportUz.Net
iks
ads

IBA prezidenti Meyvezer - Pakyao revansh jangini tashkil etishga tayyorligini bildirdi

31.10.2025 12:39    


Rasmni yuklab olish

IBA xalqaro boks associaciyasi prezidenti Umar Kremlyov ikki afsona - 46 yoshli Menni Pakyao va 48 yoshli Floyd Meyvezer o'rtasida revansh jangi tashkil etishni taklif qildi.

Kuni kecha Kremlyov va Pakyao Filippin poytaxti Manila shahrida bo'lib o'tgan matbuot anjumanida ishtirok etishdi. Unda Pakyaoning o'zi Meyvezer bilan revansh jangi bo'yicha muzokaralarni boshlaganini malum qildi. Kremlyov esa agar bokschilar kelishuvga erishsa, ushbu jangni tashkil etishga tayyorligini bildirdi.

"Dunyo hali ham Floyd Meyvezer va Menni Pakyaoni yana bir bor jangda ko'rishni istaydi - meros uchun. Agar ikkala chempion ham tayyor bo'lsa, IBA buni amalga oshiradi. Biz Meyvezer - Pakyao jangini ular munosib bo'lgan hurmat va global qamrov bilan adolatli va shaffof shartlarda tashkil etishga tayyormiz", - dedi Kremlyov.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: