SportUz.Net
photo photo

Xamzat CHimaev: Bernsni men mashhur qildim

05.08.2022 15:00    


Rasmni yuklab olish

Xamzat CHimaev Gilbert Bernsni mag'lub etganidan g'azabda.

«Men Bernsni mashhur qildim. Men bilan jang qilishdan oldin, u yigit hech kim edi - men uni mashhur qildim. U jangda mag'lub bo'ldi va juda xursand bo'ldi. Meni jahlim chiqdi. Men jangda g'alaba qozondim, lekin men bu yigitni butunlay yo'q qilmaganim uchun g'azablandim. Gilbertga o'xshagan yigitlar nega jangda mag'lub bo'lganida bunchalik hayajonlanishlarini tushunmayapman.

U hamma joyga borib, intervyularida, «Yana jang qilamiz», deb aytadi. Ha xohlaganda kurashamiz, lekin men uni chempion sifatida ko'rmayapman, chunki mag'lub bo'lganingdan xursand bo'lsang chempion bo'lmaysan. Men jangda g'alaba qozondim va bir oy davomida o'zimdan g'azablandim. Men bu narsalarni tushunmayapman», -dedi CHimaev.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: