
"Biz ayollar o'rtasidagi jahon chempionatida umumjamoaviy hisobda birinchi o'rinni qo'lga kiritdik. Hozir esa erkaklar o'rtasidagi jahon chempionatida ham birinchi o'rinni egalladik. Ammo ayrimlarga Rossiyada ettita oltin medal (jami 13 ta) borligi yoqmayapti. SHu munosabat bilan men ijtimoiy tarmoqlar yoki izohlar orqali emas, balki ochiq-oydin aytaman: “It huradi, karvon o'tar".
Men ham boks bilan shug'ullanganman. Tanishlarimdan biri bor edi, musobaqadan keyin undan: “Ishtirok qanday bo'ldi?” deb so'rasang, shunday derdi: "Hakamlar adolatsizlik qildi”. Natijada u hech narsa yutmagan. Kam odamlar mag'lubiyatni qabul qila oladi. Afsuski, hamma ham bunga qodir emas. Yana takrorlayman: itlar huradi, karvon esa yo'lini davom ettiradi. Bizning yigitlar eng yaxshilar. Biz Olimpiya o'yinlariga bog'lanib qolmaganmiz. Qolaversa, so'nggi Olimpiada ochilish marosimidan keyin men uni umuman tomosha ham qilmadim.
Kelajakda nima bo'lishini bilmaymiz. Ammo hozir biz shunday tamoyilga amal qilayapmizki, yilning asosiy musobaqasi — IBA jahon chempionati. Mukofot pullari birinchi o'rin uchun 1 million dollargacha oshirilishi mumkinligi haqida gap-so'zlar bor. Lekin bu IBA vakolatida", — dedi Besputin.