SportUz.Net
photo photo

Golovkin - "Kanelo" trilogiyasi uchun chiptalar sotuvi boshlandi + FOTO

28.06.2022 10:40    


Rasmni yuklab olish

Xabaringiz bor, 17 sentyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida kutilgan boks oqshomi bo'lib o'tadi.

Oqshomning markaziy jangida qozog'istonlik bokschi Gennadiy Golovkin (42-1-1, 37 KO) hamda meksikalik Saul Alvares (57-2-2, 39 KO) o'zaro to'qnash keladi. Kecha bokschilar trilogiya oldidan AQSHdagi katta stadionda o'zaro ko'z urishtirish marosimida yuzma-yuz kelishdi. 

"Nyu-Yorkda matbuot anjumani. CHiptalar esa sotuvga chiqdi, ularni olib ketishingiz mumkin", — deya o'zining Instagram sahifasida surat va uning ostida izoh qoldirgan GGG. 

CHiptalarning eng arzoni 305 dollardan boshlanadi. Eng qimmat chipta 5,005 dollar etib belgilangan. Bokschilar o'rtasidagi uchinchi jang g'olibi supero'rta vazn toifasida mutlaq jahon chempioniga aylanadi. Boks oqshomi 17 sentyabr kuni Las-Vegasdagi "T-Mobile Arena"da bo'lib o'tadi.



Futbol yangiliklari || Futbol habarlari || Футбол янгиликлари || Футбол хабарлари
Do`stlarga yuboring: