"Jon Jons bilan bo'lib o'tgan barcha ishlarga qaramasdan shuni ayta olamanki, Jon Jons Ngannudan qo'rqmayapti. Miochich, Derrik Lyuis, Siril Gan va Jon Jons kabi jangchilar Ngannudan qo'rqishmaydi.
Jon Jons men oktagon ichida ko'rgan eng kuchli jangchilardan biridir. Agarda Ngannu ismli boshqotirmani echa oladigan birgina jangchi bo'lsa, u aynan Jon Jons. Hozir aynan shu jang uchun muzokaralar ketmoqda va menimcha ushbu jang tashkil qilinadi", - dedi Daniel Korme.
Eslatib o'tamiz, Ngannuning Stipe Miochich ustidan qozonilgan g'alabasidan so'ng Jon Jons va Dana Uayt o'rtasida nizo sabab Jon Jons UFC'dan ketish bilan tahdid qilgandi. Keng omma esa Jonsni Ngannu bilan jang qilishdan qo'rqayotganlikda ayblamoqda.
Ien Garri: "Agar Maxachev yarim o'rta vaznda titul jangini xohlasa, qolganlar kutib turishadi"