Golden Boy Promotions promouterlik kompaniyasi rahbari, afsonaviy bokschi bu haqidagi qarorini mashhur reper - «Snup Dog»ga bergan intervyusida malum qildi. "Tilla bola" 13 yillik tanaffusdan so'ng 3 iyul kuni ringga ko'tariladi. Hozircha uning bo'lajak jangdagi raqibi malum emas.
Malumot uchun, de la Xoyya so'nggi bor 2008 yil ringda ko'rinish bergandi. O'shanda u texnik nokaut evaziga filippinlik afsona Menni Pakyaoga yutqazib qo'ygan edi.